Xotin tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot

Xotin tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Tushda siz o‘z xotiningizni ko‘rsangiz — oilaviy hayotingizda turli nizolar sizni kutayotganligini bildiradi.

Ayniqsa xotiningizni qovoqlari solingan va xo‘mraygan holda, injiqlik qilayotgan bo‘lsa — o‘z muddatida yakunlanmagan vazifalar tufayli ish faoliyatingizda muammolar paydo bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Tushda xotin ko'rsa

Tushda xotiningiz juda mehribon bo‘lib tuyulayotganligini ko‘rsangiz — o‘ngingizda biznesingizda xatarli ishga qo‘l urishga jur’at etasiz va bu xatar oqlanib, katta daromadga ega bo‘lishingizdan darak beradi.

Tushda xotiningiz kasal bo‘lganligini ko‘rishingiz — o‘ngingizda sizni ko‘ngilxushliklar kutib turganligidan xabar beradi.

Tushda xotiningizning orasta taraddud bilan yasanib-bezanayotganligini va sizga go‘yoki xech qanday e’tibor qaratmayotganligini ko‘rishingiz — siz boshlab qo‘ygan ishlaringizda qiyinchiliklar bo‘lishini bildiradi.

Agar tushda siz o‘z ayolingizni quchayotganligingizni ko‘rsangiz — o‘ngingizda g‘oyib bo‘lgan narsalar to‘g‘risida va ehtimol ularning yaqinda qaytishi haqidagi yangiliklarni eshitishingizni bildiradi.

Tushda xotin ko’rsa vanga tabiri bo‘yicha

Tush tabiri xotin

Ko‘p hollarda bunday tush boshlanayotgan barcha ishlardagi muvaffaqiyatlarni anglatadi. Tushda ayolingizni baxtli va go‘zal ko‘rishingiz — yolg‘on, makr va firibgarlikning alomatidir.

Tushda ayolingizni barcha boshqa uy a’zolaringiz atrofida ko‘rishingiz — farovonlik, muvaffaqiyatli safardan darak beradi. Agar tushda xotiningiz xafa bo‘lganini ko‘rsangiz — dushmanlaringizning mag‘lubiyatini anglatadi.

Bordiyu tushda xotiningiz quvnoq kayfiyatda ekanligini va raqsga tushayotganini ko‘rsangiz — sizni quvonch kutayotganligini, agarda u ko‘z yosh to‘kayotgan bo‘lsa — qiyinchiliklar kutilyotganligini anglatadi.

Tushda ayolingizning vafot etganligini ko‘rsangiz — o‘ngingizda kimningdir noshukurligi qalbingizni og‘ir yaralishini bildiradi.

Tush tabiri xotin miller tabiri bo‘yicha

Xotin ko'rsa nima bo'ladi

Erkaklar uchun ayoli bilan bog‘liq munosabatlar uning hayotidagi, faoliyatidagi asosiy munosabat sanaladi. Zero xotin, erkak kishining butun hayoti davomida birga bo‘ladigan asosiy insondir.

Tushda xotin erkalanayotganligini ko‘rishingiz — daromad; janjalni; birinchi xotiningizni ko‘rishingiz — eski ishingizga qaytishingizni. Chiroyli, yosh, yaxshi did bilan kiyingan holda ko‘rishingiz — muvaffaqiyatli faoliyatni. Notoza (iflos), yomon kiyingan holda ko‘rishingiz — muvaffaqiyatsizliklar, omadsizlikni bildiradi.

Xiyonat qilganligini ko‘rishingiz — ish faoliyatingizdagi muvaffaqiyatsizliklar. Begonaning ayolini ko‘rishingiz — sizga to‘g‘ri kelmaydigan vazifani olishingizni. Yalang‘och holda ko‘rishingiz — jiddiy xatoliklarni, bankrotlikni; Ayolingizni kaltaklayotganligingizni ko‘rishingiz — sevgi va yarashuvlarni anglatadi.