Uzuk tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot

Uzuk tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Tushingizda qo‘lingizda uzukni ko‘rishingiz yangi boshlanuvchi ishlaringiz haqida darak beradi. O‘zingizning kuchingizni aniq baholang va o‘z qadringizni yuksaklantirmang, shundagina omadga erishasiz.

Tushda uzuk ko'rsa

Bordiyu tushda o‘zganing qo‘lida uzukni ko‘rsangiz suhbatdoshlaringiz davrasi kengayishini hamda moliyaviy tomondan yaxshilanishlar kutilayotganligini anglatadi.

Tushda zeb-ziynat buyumini sotib olish – hayotingiz yaxshiliklarga boy va barqaror o‘tishidan darak beradi. Sovg‘a sifatida olganligingizni ko‘rishingiz – tadbirkorlik faoliyatingizni omadli yuritishingizni anglatadi.

Qiz juvonlar uchun esa yangi tanlagan seviklisi bilan mustahkam, doimiy yaqin munosabatlarni ifodalaydi. Zeb-ziynat buyumini sovg‘a qilganligingizni ko‘rishingiz — o‘ylanmay qilinadigan isrofgarchiliklarni bildiradi.

Tushda uzukingizni yo‘qotib qo‘yganligingizni ko‘rishingiz – sevgan yoringiz bilan ajralishingiz yoki boshqa sohalardagi imkoniyatlaringizni qo‘ldan boy berishingiz mumkinligini bildiradi.

Tushda uzuk ko’rsa vanga tabiri bo‘yicha

Tush tabiri uzuk

Yuqoridagi talqin singari tushda singan zargarlik buyumni ko‘rishingiz ham shaxsiy hayotizdagi muammolardan darak beradi va shu bilan birgalikda ushbu tush do‘stlaringizning hiyonat qilishlaridan ogohlantiradi.

Shu tufayli barcha ishlaringiz yechimlarini hal qilishda faqat o‘zingizga ishonishingiz kerak.

Hasad tufayli do‘stlaringiz siz bilan bir zumda dushmanga aylanishi mumkinligini siz bunday holatlarga doim tayyor turishingiz kerakligini anglatadi.

Agarda hayotingizda qandaydir muhim vazifani bajarayotgan vaqtda buzuq uzuk to‘g‘risida tush ko‘rsangiz – bu tush ko‘zlagan maqsadingizga yetishingizni ammo bundan qoniqqanlikni his qilmasligingizni aksincha hafsalangiz pir bo‘lishini ifodalaydi.

Tush tabiri uzuk miller tabiri bo‘yicha

Uzuk ko'rsa nima bo'ladi

Uzuk tuzilishi yechimsiz muammolar va voqealar aylanasini o‘zida aks ettiradi. Shuningdek u va’dangizga sodiqligingiz, mehr-muhabbatni bildiradi ayniqsa, o‘z umr yo‘ldoshingizning qo‘liga uzuk taqganligingizni ko‘rishingiz u bilan bo‘lgan o‘zaro tuyg‘ularingizga vafodorligingizdan darak beradi.

Bordiyu tushda sizning nomsiz barmog‘ingizga siz tanimagan kishi uzuk taqganligini ko‘rsangiz, anchadan beri hal bo‘lmayotgan muammoingizning hal bo‘lishini bildiradi. Aytgancha, yordam siz kutmagan joydan keladi.

Tushda siz o‘zingizga uzuk tanlayotganligingiz va sizga loyiq bo‘lmagan o‘lchamlarda ekanligini ko‘rishingiz – kimgadir nisbatan muhabbat tuyg‘usini tuymasligingizni anglatadi.

Tushda qo‘lingizdan uzuk tushib ketishi yomon belgi hisoblanadi. Bu tush sizning o‘z so‘zingizda turolmasligingizni va o‘zgalarning ishonchini suiste’mol qilishingizni bildiradi.

Bularning barchasi esa bejavob qolmaydi va bularga javobgarlik og‘ir hayotiy sinovlar bilan bo‘ladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan