Uy tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot

Uy tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Tushda siz o‘z uyingizni topaolmayotganligingizni ko‘rsangiz — hayotda insonlarning hallolligiga bo‘lgan ishonchingiz butunlay yo‘qolishini anglatadi.

Tushda uy ko'rsa

Tushda uyingiz yo‘q ekanligi ya’ni boshpanasiz ekanligingizni ko‘rishingiz — siz boshlayotgan barcha boshlang‘ich faoliyatingizda omadsizliklarga uchrashingizni, moddiy yo‘qotishlarni bildiradi.

Tushda uyingizni o‘zgartirganligingizni ko‘rsangiz — tezkor xabar, shoshilinch safarlarni anglatadi. Yosh ayol tushda uydan chiqib ketganligini ko‘rishi — xoin va tuhmatchilar atrofini o‘rab olishidan ogohlantiradi.

Agar tushingizda siz istiqomat qilgan eski uyingizga tashrif buyurgan bo‘lsangiz — o‘ngingizda sizni yaxshi xushxabar kutmoqda.

Eski uyingizni shodlik va shinamlikda ko‘rishingiz — uzoq farovon hayot, yaxshilik alomatidir. Tashlandiq uy g‘amli hodisani anglatadi.

Tushda uy ko’rsa vanga tabiri bo‘yicha

Tush tabiri uy

Tushda uy bilan bog‘liqlikda bo‘lgan turli hodisalar ro‘y berishi mumkin. Sizning uy qurishingiz yoki harid qilishingiz, uyingizni turli tabiiy ofatlar yoki urush tufayli buzilib tashlanishi, uyingizga bosqinchilar hujum qilishi va boshqa turli hillardagi hodisalarni misol tarzida keltirishimiz mumkin.

Qoidalalarga binoan tushda uyni ko‘rishingiz jiddiy o‘zgarishlar, beqarorlik yoki sezilarli darajadagi o‘sishningizni bildiradi.

Tushda allanimalar bilan to‘ldirilib tashlangan yoki kimdur egallab olgan uyni ko‘rsangiz — atrofdagi olam bilan beqaror aloqada ekanligingizning belgisidir.

Siz ayni chog‘da tushkun holatdasiz bu holat hammada ham uchrab turadi ammo agarda bu holat sizda doimiy takrorlansa va tushda o‘z uyingizga qandaydir insonlar yoki hayvonlar o‘rnashib olib yashayotganliklarini ko‘rsangiz havotirdan darak.

Tush tabiri uy miller tabiri bo‘yicha

Uy ko'rsa nima bo'ladi

Tushda buzilib tashlangan uyni ko‘rsangiz — bu tush ko‘chib o‘tish, moliyaviy muommolar, ajralishning belgisidir. Tushda uy teng qismidan buzilib ketganligini o‘zining avvalgi ko‘rinishini yo‘qotganligini ko‘rish qon bilan bog‘liq voqealarni bildiradi.

Bu tushni ko‘rganingizdan so‘ng yaxshilab o‘ylab ko‘ring: qaysi holatlar sizning yuragingizni siqmoqda, ezilmoqdasiz va bu holat sizning hayotingizga qay tarzda ta’siz ko‘rsatmoqda.

Tushda uy qurayotganingizni ko‘rishingiz — sizning hayotdagi holatingiz yuksaklikka qarab o‘zgarib borilayotganligidan darak beradi.

Hoynahoy sizning ish faoliyatingizda martabangiz oshishini, yangi qo‘shimcha imkoniyatlar ochilishini yoki moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishini anglatadi.

Yoki hozirda uchrashib yurgan qizingiz bilan jidiiyroq munosabatlarga o‘tishingiz, turmush qurishingizni ham bildirishi mumkin.