Tovuq tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot

Tovuq tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Tinib-tinchimas ushbu parranda, tuxum qo‘yganidan so‘ng uzoq qaqag‘lashi bilan mashxurdir. Xo‘roz o‘zida jasurlik va urishqoq tabiatini gavdalantiradi. Ko‘p hollarda ularning bu sifatlari jangarilik hamda g‘ajirlikga ko‘chadi.

Tushda tovuq ko'rsa

Tushda ko‘rilgan ushbu ramz tush sohibi murojaat qiluvchi uy ho‘jaligi va insonlar harakteri bilan bog‘liq bo‘ladi.

Tushda hovli uzra qalin qilib sochib tashlangan pullar orasidan ozuqa, don izlayotgan tovuqni ko‘rishingiz – sizning ma’suliyatsizligingiz sababli noxush xabar yoki hodisa yuz berishi mumkinligini anglatib, bor e’tiboringizni asosiy ishlarga qaratishingiz kerakligini shunda hammasi yaxshi bo‘lishini ifodalaydi.

Tushda ertaknamo bo‘lgan tovuq oyoqli yog‘och kulbani ko‘rishingiz – yaqin orada taajubga tushishingizni ifodalaydi.

Tushda tovuq ko’rsa vanga tabiri bo‘yicha

Tush tabiri tovuq

Tushda anglab bo‘lmas nutqli huddiki tovuqning qaqag‘lashiga o‘xshab so‘zlaydigan insonni ko‘rishingiz – har turdagi mish-mishlarga ishonmasligingiz lozimligini, g‘iybatchilar sizni yo‘ldan ozdirishga urinayotganliklari, shu sababdan bosim ostida shoshilinch qaror qabul qilmasligingiz, qaror qabul qilishda ehtiyot bo‘lishingiz kerakligidan ogohlantiradi.

Tushda uzoq vaqt bir joyda, notabiiy tarzda o‘tirgan tovuqni ko‘rishingiz – yaqin kunlarda betoblik yoki nogironligini sabab etib sizdan yordam so‘rab murojaat qilishini bildiradi, shunday yordam beringki, keyinchalik bu inson taqdiriga aralashganligingizdan afsuslanmang.

Tush tabiri tovuq miller tabiri bo‘yicha

Tovuq ko'rsa nima bo'ladi

Tushda sigir yeli bo‘lgan tovuqni ko‘rishingiz – ehtiyotkorroq bo‘lishingiz lozimligi, hoynahoy sizga taklif etilayotgan ish shunchaki tovlamachilik bo‘lishini bildiradi, hattoki oltin tog‘ va’da qilishsalar ham ishonmang sizni aldashlariga yo‘l qo‘ymasligingiz kerakligini anglatadi.

Tushingizda begona hovliga kirib qolib begonaga hujum qilayotgan tovuqni ko‘rishingiz – o‘z so‘zining ustidan chiqmaydigan insonlarga ishonmasligingiz, begonalarning yordamiga umid qilmasligingizni ifodalaydi.

Tushda tovuqlar bir-birlarini cho‘qiyotgan jo‘yakni ko‘rsangiz – bu tush beparvo oila a’zolaringiz, hali hech narsani bilmaydigan, farqlay olomaydigan farzandlaringizning firiblaridan ehtiyot bo‘lishingiz kerakligini bildiradi.