Tanga tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot

Tanga tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Tushda mayda tanglarni ko‘rishingiz — turmushingizdagi yoqimli tashvishlarni bildiradi. Qadimgi tangalarni ko‘rishingiz esa — kutilmagan moddiy boylikni ifodalaydi.

Tushda tanga ko'rsa

Tushda tanga yasayotganligingizni yoki tangani qalbakilashtirayotgan bo‘lsangiz — behuda urinishlarni bildiradi.

Bordiyu tushda tangalarni eritib qayta metall qilayotganligingizni ko‘rsangiz — bu tush manfaatparastlik va tamagirlik ramzi hisoblanadi.

Tushda qiymati bir tinga to‘g‘ri keladigan tangani ko‘rishingiz — ko‘ngilsizliklarni ortidan ko‘p ko‘z yosh to‘kishingizni anglatadi.

Agarda tushda ichi tangaga to‘la bo‘lgan aqchadonni ko‘rsangiz — oldingizda o‘z moliyangizni o‘nglab olish uchun yaxshi imkoniyatlar ochilishini bildiradi.

Singan aqchadondan sochilib yotgan tangalarni ko‘rishingiz — kam harakat evaziga ko‘p foyda olishingiz mumkinligini anglatadi.

Tushda tanga ko’rsa vanga tabiri bo‘yicha

Tush tabiri tanga

Tushda tanga sanayotganingizni ko‘rishingiz — tejab-tergab, avaylash orqali o‘z maqsadlaringizni oshishirish uchun barcha imkoniyatlaringiz yetarli ekanligini ifodalaydi.

Tushda oltin tangalar bilan liq to‘la bo‘lgan sandiqni ko‘rsangiz sizning hohish-istaklaringiz, orzularingiz amalga oshishidan darak beradi.

Oltin tangalardan yasalga marjonni ko‘rishingiz — o‘zingizning kamchiliklaringizdan xalos bo‘lish uchun yetarli obro‘ e’tiborga ega ekanligingizni anglatadi.

Bordiyu tushda qimmatbaho tangalarga to‘la bo‘lgan hamyoningiz yoki karmoningizni o‘g‘irlab ketishganliklarini ko‘rsangiz — sizga tahdid qilayotgan xavf-xatarlarni anglatadi, shu sababdan ham siz odamlar gavjum bo‘lgan yerlarda diqqat-e’tiborliroq bo‘lishingiz darkorligini, kimsasiz yerlarda bo‘lsa umuman yurmasligingiz kerakligini bildiradi.

Tushda oltin tangalarni hadya tariqasida olganingizni ko‘rishingiz — moliyaviy boy ammo bahil insonga turmushga chiqishingiz mumkinligini anglatadi.

Tush tabiri tanga miller tabiri bo‘yicha

Tanga ko'rsa nima bo'ladi

Tushingizda shoxlar kandakorligiga oid oltin o‘n tinlik tangani ko‘rishingiz — moliyaviy boylik va farovonlikni bildiradi.

Bordiyu tushda oltin tangali xazinani davlatga topshirayotganligingizni ko‘rsangiz — o‘ngingizda sizni yaxshi biluvchi hamkasblaringiz ishonchini yo‘qotishingizni anglatadi.

Oltin tangalarni sotayotganligingizni ko‘rsangiz — qarilik chog‘ingizni butunlay yolg‘izlikda o‘tkazishingizni bildiradi.

Tushda katta kumush tangalarni ko‘rishingiz — baxtli davringizni, mayda tangalarni ko‘rishingiz esa — sizning orzu-niyatlaringiz amalga oshishini ifodalaydi. Kumush tangalarni olovda eritish yo‘qotishlardan darak beradi.

Tushda bir qop to‘la mis tangalarni ko‘rishingiz — yaqin orada siz tadbirkorlik faoliyatingizda omadga erishishingizni anglatadi, tavakkal qilishdan qo‘rqmasdan va bozorning barcha narx-navosining o‘zgarishlariga aniq munosabat bildira olishingizni anglatadi.