Suv tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot

Suv tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Tushda toza suvni ko‘rishingiz hayotingizdagi turli xil ijobiy lahzalar: omad, daromad, ko‘ngilxushliklarni anglatadi. Tushdagi iflos suv esa buning aksi bo‘lib, g‘am-andux, xavf-xatarlarni bildiradi.

Iflos suvga yiqilib tushganingizni ko‘rsangiz — jiddiy xatolar ketma-ketligini, shu xatolar sababli juda qattiq siqilishingizni anglatadi.

Tushda suv ko'rsa

Tushda suv ichayotganingizni ko‘rsangiz va ichayotgan suvingiz musoffo bo‘lsa — eng mashaqqatli va mardonavor rejalaringizning amalga oshishini, minerallangan bo‘lsa — katta omadni, loyqalangan bo‘lsa — xastalikni bildiradi.

Agarda tushda ko‘m-ko‘k musaffo suvda oq rangli qayiq suzib yurganini ko‘rsangiz — ko‘nglingizning sovishini, umidsizlikni anglatadi.

Tushda nam tuproqda yurib, oyoqlaringizning nam bo‘lganliklarini ko‘rsangiz — hushyorlikni yo‘qotmasligingiz kerak ekanligini, butun iroda, matonatingizni qo‘lga olishingizni aks holda taqdir sizga atab qo‘ygan xastalik, kambag‘allik, va shunga o‘xshash sinovlarga bardosh bera olmasligingiz mumkinligidan ogohlantiradi.

Loyqalangan suvga g‘arq bo‘layotgan kemani ko‘rish ham huddi shu tarzda talqinlanadi. Agar suv sizning honadoningizni g‘arq qilayotgan bo‘lsa — yovuzlik bilan kurashishingizni anglatadi.

Tushda suvda jismoniy mashqlar bajarayotganingizni ko‘rishingiz — nogoh tug‘iluvchi sevgi va ehtirosdan darak beradi. Tushda boshingizga suv tomchilayotganini ko‘rishingiz esa bu aloqalar yaxshilik bilan yakunlanishini bildiradi.

Tushda suv ko’rsa vanga tabiri bo‘yicha

Tush tabiri suv

Tushda suvni ko‘rish o‘zgarishlar, yuksalishlar va gunohlarning to‘kilishini anglatadi. Tushda musaffo, salqin, yoqimli suvni ichayotganingizni ko‘rsangiz — o‘ngingizda yangilanish va olamning tozalinishi, ko‘plab insonlar ushbu faoliyatda ishtirok etishingizni bildiradi.

Tushda iflos suvni ko‘rsangiz — turli muommolar, atrofingizdagi insonlar bilan muloqot qilish bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarni bildirib, negativlar bilan qalbingizni bulg‘amasligingiz barchasiga sabr qilishingiz, ezgulik ulashishda davom etishingiz kerakligini anglatadi.

Tushingizda honadoningizga suv toshsa, o‘ngingizda ham ushbu suv toshqini sodir bo‘lishidan ogohlantiradi. Tushingizda cho‘kayotganingizni ko‘rishingiz — oqimga qarshi harakat qilishingizni bildiradi.

Tush tabiri suv miller tabiri bo‘yicha

Suv ko'rsa nima bo'ladi

Tushda suv sathida jimirlashlar yoki aylanalarni ko‘rsangiz — qiyinchiliklar orqasidan keluvchi o‘zgarishlardan darak beradi.

Ammo siz ushbu qiyinchiliklarga bardosh bera olsangiz o‘zingiz va atrofingizdagilar ustidan hukmronlik qilishingiz mumkinligini bildiradi.

Tepadan oqib turuvchi suv — siz koinot tasiri ostida qolishingizni va qarshiliklaringiz befoyda ekanligini anglatadi.

Buning o‘rniga, koinot bilan bo‘ladigan munosabatlarda garmoniyaga erishishga harakat qilishingiz kerakligini, bu sizni taniqli shaxsga aylantirishi, sizni butun dunyo tan olishini anglatadi.