Soch tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot

Soch tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Tushda sochlarni ko‘rishingizning umumiy ma’nosi bu — tinchlik, ruhiy iliqlik, ichki uyg‘unlikdir.

Shunga ko‘ra tushda ko‘rgan sochlar qanchalik qalin va uzun bo‘lsa, sizning ruhiy o‘sishingiz shuncha ko‘p bo‘ladi.

Tushda soch ko'rsa

Kalta soch turmagi sizning to‘g‘ri yo‘ldan adashishingiz mumkinligidan ogohlantiradi. Tushda sartaroshxona yoki go‘zallik saloniga tashrif buyurganingizdan so‘ng, sochingizni (maxsus vosita yordamida) tozalab tashlaganligingizni ko‘rishingiz — sizga mavhum bo‘lib kelayotgan sirni ochilishini yoki jumboqni yechilishi yaqinlashayotganligini bildiradi.

Tushda sochingizning o‘rilganini ko‘rdingizmi? Bu holatda siz uzoq safarga yo‘l olishingizdan darak beradi shunday ekan safarga tayyorlaning.

Ammo tushda sochlaringiz juda ham chigal bo‘lib u bilan hech narsa qilolmaganligingizni ko‘rsangiz — sizn insonlarga ishonishni o‘rganishingiz kerakligini anglatadi.

Tushda soch ko’rsa vanga tabiri bo‘yicha

Tush tabiri soch

Psixoanalitik tushlarni talqin qilar ekan sochlarni ehtiros bilan bog‘laydi. Sochlarning qanchalik uzun bo‘lishi, sizning jinsiy qobiliyatingizga bo‘lgan ishonchingizni shunchalik balandligini, qanchalik kalta bo‘lsa, intim doirangizga bo‘lgan ishonchingizda shunchalik murakkabliklar bo‘ladi.

Oddiy soch turmagini ko‘rishingiz — jinsiy hayotingizdan mamnun ekanligingizni anglatadi, serhasham soch turmagini ko‘rishingiz esa sizning to‘la kuchga ega emasligingizdan hijolat chekishingizning aksidir.

Tushda soch tarayotganligingizni ko‘rishingiz — siz o‘z qo‘lingiz bilan boy bergan ishqiy munosabatlardan afsusda ekanligingizni ifodalaydi.

Tush tabiri soch miller tabiri bo‘yicha

Soch ko'rsa nima bo'ladi

Boshqa tush tabirini talqin etuvchilardan farqli o‘laroq, tushda oqargan sochlarni ko‘rish yomonlik belgisi deya sanalmaydi. U buni faqat donolik va sinchkovlik belgisi deb biladi.

Agar tushda soch tarasangiz yoki ularni turmak qilsangiz, bu vaziyatning tezda yaxshilanishini bildiradi.

Ammo tushda siz sochlaringizni juda ehtiyotkorlik bilan parvarish qilayotganligingizni ko‘rsangiz — bu tush sizning ko‘p vaqtingiz va kuchingizni ish faoliyatingizga sarflashingizni anglatib, yaqinlaringiz va qarindoshlaringiz sizning e’tiboringizdan mahrum bo‘layotganliklarini ifodalaydi.

Tushingizda sochlaringizni kesib tashlaganligingizni va bu ishingizda qattiq pushaymonda ekanligingizni ko‘rdingizmi? Katta janjallarni kuting, ehtimol u faqat bitta bo‘lmas.