Sigir tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot

Sigir tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Sigir to‘g‘risida tush ko‘rishingizni hayotingizning har bir jabhasidagi sodir etayotgan narsalarni to‘g‘ri qilayotganingiz yoki aksincha ekanligiga belgi deb hisoblagan.

Tushda sigir ko'rsa

Agar to‘g‘ri qilayotgan bo‘lsangiz, unda tushingizda semiz, ozoda va yaxshi boqilgan sigirlar tinchgina o‘tlab yurganliklarini ko‘rasiz, va yana bu tush shaxsiy hayotingizda baxt va bir-biringizni tushunish paydo bo‘lishini, ishlaringizda esa yuqori cho‘qqilarga erishishingizni bildirib boradi.

Shuningdek, tushda oq rangli yoki do‘stona kayfiyatdagi sigirni ko‘rishingiz ham ish faoliyatingizda martabangiz o‘sishini va yaxshi daromaddan darak beradi.

Tushda qiynoqqa solingan, ozg‘in, achinarli poda — siz o‘zingizning odatlaringizni qayta ko‘rib chiqishingiz kerak ekanligini, aks holda siz kuchlaringizni noto‘g‘ri tomonga yo‘naltirishingizni va butun hayotingiz davomida qiynalib, yoqtirmagan ishingiz bilan shug‘ullanib o‘tishingizdan ogohlantiradi.

Shu bilan birgalikda tushda ko‘rgan sigirning kimniki ekanligi ham muhim sanaladi. Agar u sizga tegishli bo‘lsa, sizning ahvolingiz ancha yaxshilanishini anglatadi.

Tushda sigir ko’rsa vanga tabiri bo‘yicha

Tush tabiri sigir

Bordiyu tushda siz sigirga shunchaki qaraganingizni ko‘rsangiz – o‘ngingizda siz yaqin deb bilgan odamlar sizni aldab, xiyonat qilishlarini yoki dushmanlik qilishlarini; podani haydab yuborganingizni ko‘rsangiz — ehtiyot bo‘lishingizni, siz xavf ostida ekanligingizni bildiradi.

Tushda poda vahimaga tushib u yoqdan bu yoqqa yugurayotganligini ko‘rsangiz — sizning lavozimingiz tahlika ostidaligidan ogohlantiradi, qilgan mehnatingizni poymol qilishlariga yo‘l qo‘ymang.

Sigirni sog‘ayotganligingizni va uning xotirjamligini ko‘rsangiz — umidlaringiz ro‘yobga chiqishini, orzular ushalishini; allaqachon sog‘ilgan sigir esa — siz ko‘p insonlar bilan meros uchun kurashishga hozirlanishingizni anglatadi.

Agarda tushda sigir yoki buqa yolg‘iz ekanligini va sizni ta’qib qilayotganini ko‘rsangiz — boshqa birovning hasadi sababli ishingizda yoki shaxsiy hayotingizda katta muammolar paydo bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Shuningdek, o‘lik sigir haqidagi tushlar ham munosabatlar bilan bog‘liq.

Tush tabiri sigir miller tabiri bo‘yicha

Sigir ko'rsa nima bo'ladi

Xayotingizda qora kunlar boshlanishi, sevganingiz o‘zining xatti-harakatlari bilgan sizni xafa qilishini anglatadi. Halokatli katta janjalning oldini olish uchun, sevganingizdan g‘azablanmang, u bilan gaplashing, hafa qilgan xatti-harakatlarining sababi nima ekanligini bilib oling va birgalikda uni tuzatishga harakat qiling.

Bordiyu tushda sigir sizni suzayotganligini ko‘rsangiz — do‘stlaringiz orasida ularga tegishli mol mulklari sababli dushmanga aylanishingiz xavfiga duch kelasiz.

Yaxshisi, qarz yoki boshqalarning narsalarini olmang. Agar siz sigirni o‘t yeyotganini tushda ko‘rsangiz, barcha dushmanlarga qarshi tura olasiz.

Miller ayollar uchun buqa haqidagi tushlarning ma’nosini alohida tushuntirgan bo‘lib — bu yaqinda turmushga chiqish taklifining ramzidir.

Rozi bo‘lishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘ring, ehtimol bu turmush o‘rtog‘ingiz bo‘lish uchun eng yaxshi nomzod emasdir.