Ot tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot

Ot tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Tushda oq otda chopmoq — ajoyib belgidir. Birinchi navbatda bu tush mustahkam do‘stlik hamda o‘z tabiatingizga mos qadrdonlaringiz bilan quvnoq uchrashuvni anglatadi.

Tushingizda otingizning notoza ekanligini ko‘rsangiz — ishongan insonlaringiz tomonidan aldov va ko‘rolmaslik bo‘lishidan darak beradi.

Tushda ot ko'rsa

Tushda qorabayir otda chopib ketayotganingizni ko‘rishingiz — bu uzoq vaqt muvaffaqiyatli rivojlanib kelayotgan ishingiz aslida behudalik ekanligini anglashingizni bildiradi.

Tushda saman otlarning yuguryotganini ko‘rishingiz — yaqin kunlardagi qulay sharoit to‘satdan yomon tomonga o‘zgarishidan darakdir. Bu tush tez o‘tib ketadigan va yuzaki ishtiyoqlarni bildiradi. Tushda ola tulporni ko‘rish — yaqin kunlarda ish faoliyatingizdagi yutuqlar belgisidir.

Tushda to‘riq otni ustida chopish — yuksalish, orzularingizning amalga oshishidan darak. Agarda ushbu tushni ayollar ko‘rsa — anchadan beri xiralik qilib yurgan oshig‘iga qattiy rad javob berishidan va yaqin kunlardagi moddiy daromaddan xabardir.

Tushingizda otingiz yovvoyi otlar to‘dasiga qo‘shilib ketayotganini ko‘rishingiz — yaqin kunlarda kimningdir betobligidan habardor bo‘lishingizdan ogohlantiradi.

Nasldor, saman otni ko‘rish — bu omad hamda moddiy yuksalishdan darakdir. Tushingizda siz otingiz bilan shaffof daryoning ustidan o‘tayotganingizni ko‘rishingiz — sizni omad kutayotganini ammo bu shodlikning to‘kis bo‘lishiga nimadur to‘sqinlik qilayotganidan yani shaffof ko‘ringan suvning osti loyqa ekanligini u chayqalishi bilan shaffoflik yoq bo‘lishini anglatadi.

Tushda ot ko’rsa vanga tabiri bo‘yicha

Tush tabiri ot

Tushda yarador yoki o‘lik otni ko‘rish — qayg‘uli habar eshitishingizdan ogohlantrishdir. Tushda tepong‘ich otga minish — omad sari yoldagi turli xil qiyinchiliklarga uchrashingiz belgisidir.

Agarda tushingizda otdan yiqilganingiz yoki ot orqangizga qattiq tepganini ko‘rsangiz — taqdir sizni dushmanlar va betoblik bilan sinashidan ogohlantiradi.

Tushda otning asovidan qattiq tutib o‘zingizga bo‘ysundirishingiz — hayotingizda keskin omadli burilishlar bo‘lishidan darak beradi.

Agar tushingizda chiroyli taqalangan otni maroq bilan kuzatayotgan bo‘lsangiz — yaqin kunlarda sizni kutayotgan omad siz orzu qilganingizdan ko‘ra ham avzal ekanligidan darak.

Aynan shu tushni ayollar ko‘rishi — butun umrlik chin do‘sti bo‘lishini anglatadi. Tushda ot poygasida ishtirok etish — kelajakdagi to‘kis va xayrli hayotdan darak.

Tushingizda otingizni taqalayotgan bo‘lsangiz — shubhali tarzda mol-mulkka erishishingizni bildiradi. Tushingizda asovlanmagan otga abjirlik bilan minayotganingizni ko‘rsangiz — qiyin vaziyatni o‘zingiz tomonga o‘nglashingiz va to‘kis hayotdan darak.

Yana bu tush ishonchli do‘stingiz bo‘lishini ham bildiradi. Tushingizda ayollar qurshovida otda chopayotganingizni ko‘rishingiz — kelajakdagi beqarorligingizdan darak.

Agarda tushingizda otingizni tozalayotgan yoki kimdur ot tozalayotganini ko‘rsangiz — hayotda o‘z o‘rningizni topishdagi ulkan sinovlar, og‘ir mehnatni anglatadi.

Agar ishbilarmon insonlar, adabiyotshunos olimlar hamda ilm ahli tushlarida ot yolini yoki dumini bezayotganini ko‘rishi hayrli belgidir.

Tushingizda otning aravaga mahkamlanganligini ko‘rsangiz — baxtga eltuvchi yoldagi turli qiyinchiliklarni anglatadi.

Tush tabiri ot miller tabiri bo‘yicha

Ot ko'rsa nima bo'ladi

Tushingizda ot ustida tor so‘qmoqdan balandlikka qarab yo’l olayotgan bo‘lsangiz — o‘ngingizda hayotda o‘rningizni topishingizni anglatadi.

Agarda balandlikka otingiz chiqa olmay qolgan yoldan o‘zingiz piyoda yurayotganingizni ko‘rsangiz bu hayotdagi o‘z o‘rningizni topishingizda ulkan mashaqqatlarga uchrashingizdan darak beradi.

Agar ayol kishi tushida qorabayir otning ustida minib ketayotganini ko‘rsa — bu kutilmagan voqea sababli orzularning ushalishini hamda dono kishilar bilan suhbatda bo‘lishini bildiradi.

Tushda tepalikdan pastga tushish — muvaffaqiyatsizliklarga uchrashingizdan dalolat beradi. Agarda ayol kishi tushida sevgilisi uning ortidan otga minib kelayotganini ko‘rsa — yaqin orada shaxsiy hayotida yutuqlarga erishishini anglatadi.

Agar otga minib kelayotgan ayol qo‘rquvda bo‘lsa — yaqin insoni uni deb iztirob chekishi va rashk qilishini bildiradi. Agar ayol kishi tushida otdan sakrab tushsayu shu zahotiyoq u ot cho‘chqaga aylanib qolsa — o‘ngida turmushga chiqish borasida o‘ylab qilinmagan qarorni va buning oqibatida uning erkinligi cheklanishini so‘ngra bunday hayot uni tez orada joniga tegishi haqida ogohlantiradi.

Ayol kishi tushida o‘zini oq ot minib tepalik yon bag‘rida ketayotgani va uning ortidan doim qorabayir ot mingan chavandoz taqib etayotganini ko‘rsa — uning hayotida omad bilan birga omadsizliklar ham bo‘lishini va qalbidagi eng yaqin insoni to‘g‘risida doim havotir olishidan darak beradi.