Non tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot

Non tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Tushda non pishirish — tush sohibining jon-jahti bilan uzoq muddat yashashini ta’minlashga harakat qilishini anglatadi.

Tushda non ko'rsa

Agar u tandirdan issiqlik chiqishidan qo‘rqib, shoshila harakat qila boshlasa, tandirda pishirilgan non miqdoriga qarab ya’ni nonlarning soni nechta bo‘lsa shuncha kuch va boylikka ega bo‘ladi.

Agarda u tushida qora nonni ko‘rsa, o‘rta miqdorda boylikka ega bo‘lib iymoni ham o‘rtacha bo‘ladi. Agar tushda ko‘rgan non arpadan bo‘lsa, tush sohibi qashshoqlikni, moliaviy tomondan qiyinchiliklarni boshdan kechiradi va astsetik turmush tarzini olib boradi.

Tush sohibi suvi qochgan, qattiq nonni tushda ko‘rsa, uning hayoti kundan-kunga yomonlasha boradi.

Agar allakim tush sohibiga bir burda non chetini taklif qilsa, uning o‘limi yaqinligini anglatadi, ammo kimlardur buni boshqacha talqin qiladi ya’ni ular bunday tush yaxshi hayotni anglatadi deb ta’kidlaydi.

Tushda non ko’rsa vanga tabiri bo‘yicha

Tush tabiri non

Agar tush sohibi nonni bir marta tishlasa, uning xasis odam ekanligidan darak beradi. Arab mil’latiga mansub shaxslar uchun tushda non ko‘rish odatda umr yo‘ldoshni anglatadi.

Agar non oq va yaxshi pishirilgan bo‘lsa, bu hozirda hokimiyat boshqarayotgan shaxsning adolatliligini anglatadi, savdogarlar uchun bu tush halollikni, hunarmand uchun esa — o‘z ishini vijdonan bajarishini anglatadi.

Tushingizda issiq non ko‘rishingiz — ikkiyuzlamachilik va diniy taqiqlarning buzilishining belgisidir. Agar tush sohibi peshonasida nonni ko‘rsa, bu tush uning kambag‘allashishini anglatadi.

Tushda mog‘orlagan nonlar katta boylikning ramzi bo‘lib, bunday tush ko‘rgan shaxs boyliklaridan hech qanday foyda naf ko‘rmaydi va muhtojlarga zakot bermasligini bildiradi.

Tush tabiri non miller tabiri bo‘yicha

Non ko'rsa nima bo'ladi

Tushda issiq kulda pishirilgan non qiyin hayotni anglatadi, chunki bu tush sohiblari muhtoj bo‘lganda pishirishning ushbu usuliga murojaat qiladilar.

Agar uxlayotgan kishi tushida stolning hamma tomoniga yoyilgan nonni ko‘rsa, demak u kimdir bilan janjallashib qolishini bildiradi. Agar ushbu tush sohibi taklif qilingan dasturxon atrofida odatdagidan ko‘proq non iste’mol qilayotgan bo‘lsa, ushbu stolda qancha vaqt o‘tkazganiga qarab uzoq umr ko‘radi.

Tushda stolning qanday tozalayotganlarini ko‘rsa, yaqin kunlarda dunyodan ko‘z yumishini bildiradi. Agarda tush sohibi tushida bir yoki ikkita taomni ko‘rsa, u va uning bolalari kutilmaganda foyda olishishini anglatadi.