Ko’ylak tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot

Ko’ylak tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Tushda oq nikoh kuylagini ko‘rish yoki uni kiyish, samimiy qalb quvonchi tez oradagi nikohni anglatadi.

Tushda ko'ylak ko'rsa

Tushda yashil rangdagi ko’ylakni ko‘rishingiz — umidlaringiz ro‘yobga chiqishini; havorang yoki ko‘k rangdagi ko’ylakni ko‘rishingiz – yaqin kunlarda safarga yo‘l olishingizni; sariq rangdagi ko’ylakni ko‘rishingiz esa — yolg‘on, hasad va g‘iybatning belgisidir.

Bordiyu tushda siz qizil rangdagi ko’ylakni ko‘rsangiz — muhim tashrifni; kulrang rangdagi ko’ylakni ko‘rishingiz — umumiy tozalash ishlari bilan yoki ta’mirlash bilan shug‘ullanishingizni bildiradi.

Oltin rangdagi ko’ylakni ko‘rishingiz esa — homiylardan yordam olishingizni; rang-barang va olachipor ko’ylakni ko‘rishingiz — ko‘plab ko‘ngilocharliklarni ifodalaydi.

Tushda rangi o‘chgan ko’ylakni ko‘rishingiz — tinchlik va osoyishtalikda hordiq chiqarishingiz kerakligini; qora rangdagi ko’ylakni ko‘rishingiz esa sizni qattiq hafa bo‘lishingizga olib kelishi mumkin bo‘lgan qayg‘uli yangilikni bildiradi.

Tushda juda kalta yoki juda tor, sizning o‘lchamingizda bo‘lmagan ko’ylakni ko‘rishingiz — barcha sohalarda ishlaringiz yomonlashuvidan dalolat beradi. Tushda juda ham uzun, tovongacha uzunlikda bo‘lgan ko’ylakni ko‘rsangiz — atrofingizdagilar xunuk xatti-harakatilaringiz tufayli sizni qoralashlarni anglatadi.

Tushda ko’ylak ko’rsa vanga tabiri bo‘yicha

Tush tabiri ko'ylak

Tushda o‘zingiz uchun ko’ylak tikayotganligingizni ko‘rishingiz — sizning mashaqqatli mehnatingizni taqdirlashlarini va agar siz uchun boshqalar tikuv atelesida ko’ylak tikayotganliklarini ko‘rsangiz – sizni oldinda quvonch olib kelmaydigan uchrashuvlar va qayg‘uga aylanuvchi omad kutib turganligini angalatadi.

Tushda tayyor kiyimni sotib olish uzoq janjaldan keyin yarashuvlarni anglatadi. Agarda tushda siz kiyim kiyib ko‘rayotgan bo‘lsangiz — bu serdaromad joy yoki ishni anglatadi, ya’ni asosiy daromaddan oshadigan qo‘shimcha daromaddan darak beradi.

Tushda a’lo darajada tikilgan ko’ylakni ko‘rishingiz — o‘ngingizda hozirda siz olib borayotgan turmush tarzingizdan zerikayotganingizni va o‘zgarishlar uchun tanaffus qilishni xohlashingizni anglatadi.

Tushda go‘zal hashamatli, shuningdek o‘ta qimmatbaho libosni kiyganligingizni ko‘rsangiz – oila davrasidagi xushchaqchaqliklarni ifodalaydi.

Tushda biror bir notanish kimsani xunuk yoki xarob kambag‘allarga xos g‘aribona ko’ylakda ko‘rsangiz, raqibningizning tahdidi ortidan keluvchi ko‘ngilsizliklardan ogohlantiradi.

Tushda pala-partish, g‘ijim yoki notoza ko’ylakni ko‘rishingiz — o‘ngingizda siz nafratlanadigan inson bilan uchrashishingizni anglatadi.

Tush tabiri ko’ylak miller tabiri bo‘yicha

Ko'ylak ko'rsa nima bo'ladi

Yirtilgan ko’ylakni ko‘rishingiz – ishingizdagi kelishmovchiliklar va oraga sovuqlik tushuruvchi fitnalarni, yamalgan ko’ylakni ko‘rishingiz — katta muammolarni, qiyinchiliklarni va mol-mulkingizdan ayrilishingiz mumkinligini anglatadi.

Burmali ko‘ylak kiyganligingizni ko‘rishingiz — yaqin orada siz mutlaqo g‘ayrioddiy ishqiy sarguzashtni boshdan kechirishingizni anglatadi.

Bog‘ichli ko’ylakni ko‘rishingiz — erkinlik va moddiy mustaqilligingizdan mahrum bo‘lishingizni, krujevali, burma hoshiyali va boshqa jimjimador bezakli ko’ylakni ko‘rishingiz — o‘ngingizda his-tuyg‘ularingiz va injiqliklaringizdan ko‘ra ko‘proq aql-idrok bilan fikr yuritib yashshingiz kerakligini bildiradi.

Tushda baxmal libosni ko‘rish – o‘ngingizda ko‘plab oshiqlaringiz bo‘lishidan darak beradi.

Tushda turli yaltiroq tangachalar bilan qoplangan ko’ylakni ko‘rishingiz — o‘ngingizda qo‘lingizni so‘rab kelgan o‘ziga ishongan va dimog‘dor nomzod bilan tanishishni anglatadi. Tushda kiyimni yuvish yoki dazmollayotganlikni ko‘rish – yaqin oradagi uchrashingizdan darak beradi.