Behi tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot

Behi tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Tushda ko‘rilgan behi mustahkam matonat ramzi hisoblanadi. Tushingizda uni qo‘lingizda ushlab turganligingizni ko‘rishingiz – yaxshilik alomati hisoblanib, kishi o‘z hayotida sodir bo‘layotgan hodisalarni boshqarish imkoniyatiga yega yekanligini bildiradi.

Tushda behi ko'rsa

Tushingizda behi iste’mol qilayotganligingiz (kemirayotaganligingiz)ni ko‘rishingiz – o‘ngingizda qurbingiz yetmaydigan vazifa bilan shug‘ullanishingiz mumkinligini anglatadi. Tushingizda behini kesishga urinayotganligingizni ko‘rishingiz — uzoq davom yetadigan muhokamada ishtirok yetishingizga to‘g‘ri kelishi mumkinligini bildiradi.

Tushda yetilib pishgan behi bilan mehmon qilayotganlikni ko‘rish – qarama-qarshi jins vakillari uchun muvaffaqiyatlardan darak beradi. Agarda siz boshqa kishini behi bilan mehmon qilganligingizni ko‘rsangiz – sizning barcha hohish-istaklaringizni bajarishlarini anglatadi.

Tushda behi ko’rsa vanga tabiri bo‘yicha

Tush tabiri behi

Nozik hilqat sohibalarining bahor faslida behi mevasini tush ko‘rishlari – toliqish sarsongarchilik va sertashvish ishlarni; yoz faslida tush ko‘rishlari – tezda o‘z izohini topuvchi tushunmovchiliklarni; kuz faslida tush ko‘rishlari — sabrsizlik tufayli sodir bo‘luvchi ko‘ngil sovishni; qish faslida ko‘rishlari – pushaymon, o‘kinch va xafagarchiliklardan darak beradi.

Erkaklarning bahor faslida behi mevasini ko‘rishlari – ogohlantiruvchi tush bo‘lib, bu tush ushbu insonni mamnun yetmaydigan va kutilgan natijaga olib kelmaydigan mushkul ishni boshlash arafasida yekanligidan ogohlantiradi. Yoz faslida ko‘rishlari – ayni chog‘ faollik ko‘rsatish uchun nomaqbul vaqt yekanligi va bir yoki ikki hafta sabr qilish yaxshiroq yekanligini bildiradi; kuz fasli ko‘rishlari – va’dasiga vafo qilmaydigan yengiltabiat insonning quruq va’dalariga ishonganligini bildiradi. Bordiyu bunday tushni qish faslida ko‘rgan bo‘lsalar – ushbu inson ahamiyatsiz narsalarga juda ko‘p ahamiyat qaratishini anglatadi.

Tush tabiri behi miller tabiri bo‘yicha

Behi ko'rsa nima bo'ladi

Tushda behi butalarini uzoqdan (ularga yaqinlashmasdan va qo‘l tegmasdan) ko‘rishingiz – o‘zingiz hamda yaqin do‘stlaringiz hayotida sodir bo‘lishi kutilayotgan yaxshi yangiliklar va voqealardan darak beradi. Agar tushingizda behi butalarining tikanlari barmoqlaringizni jarohatlaganligini ko‘rsangiz – sizni yoqimsiz yangiliklar kutmoqdaligini bildiradi.

Tushda behi mevasini ko‘rgan kishi — yaqinda katta boylikka yega bo‘lgan tanish do‘sti bilan uchrashib qolishini bildiradi. Agarda tush sohibi mevalarni tozalayotganligini yoki uning tilimlarni iste’mol qilayotganligini ko‘rsa – tez kunlarda katta pul mukofotiga yega bo‘lishidan darak beradi.

Shu bilan birga, agar behi to‘g‘risidagi tushni dushanba tongiga o‘tar chog‘i ko‘rsangiz – bu tush amalga oshmaydi, agarda payshanba tongiga o‘tar chog‘i ko‘rsangiz — uni amalga oshishini oyning ikkinchi yarmidan oldin kutilmaslik lozim.