Baliq tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot

Baliq tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Tushingizda toza suvda baliqni ko‘rsangiz bu tush taqdiringiz sizga saxiy bo‘lishida darakdir.

Yani siz avvaldan o‘ylab qo‘ygan orzularingiz, rejalashtirib yurgan ishlaringiz amalga oshishini bildiradi.

Tushda baliq ko'rsa

Tushda o‘lik baliqni ko‘rish – o‘ngingizdagi qayg‘u hamda turli yoqotishlardan ogohlantiradi. Agarda yosh qiz tushida tirik baliqni ko‘rsa – uni kelajakda baxtli sevgi kutib turganligini anglatadi.

Tushda baliq ovlash yoki tutib olish – oldindagi sizni kutib turgan jiddiy sinovlar va siz bu sinovlarga barqarorlik bilan ruhingizni sindirmasdan bardosh berib qiyinchiliklarni yengib o‘tishingizdan darak beradi.

Tushingizda siz suvda, baliq ovlaydigan to‘r bilan yurganingizni ko‘rsangiz – o‘ngingizda yaqin orada siz tadbirkorlik faoliyatingiz tufayli yutuqlarga erishishingiz haqida xabar beradi.

Tushda suv ombori yoki ko‘l va daryodagi qarmoqni kuzatib turganinigizni ko‘rishingiz – o‘ngingizda sizga g‘ayrat toshib kelishi va bu g‘ayratni maqbul tarzda sarflashingizni anglatadi.

Tushda baliq ko’rsa vanga tabiri bo‘yicha

Tush tabiri baliq

Tushingizda hech narsa tuta olmaganingizni yoki daryodan quruq qo‘l bilan qaytayotganingizni ko‘rishingiz – sizning xohish-istaklaringiz befoyda ekanligidan darak beradi.

Agarda tushingizda baliq sotadigan bozor rastasiga borayotganingizni ko‘rsangiz – o‘ngingizda sizni moddiy farovonlik va quvonch kutib turganligini bildiradi.

Tushda baliq ovlaydigan to‘rni ko‘rish – o‘ngingizdagi xaridni anglatadi agarda bu to‘r yirtilgan bo‘lsa ayanchli dilsiyohliklardan darak beradi.

Tushingizda qo‘lingizga baliq ovlaydigan ilmoqni ushlaganingizni ko‘rsangiz – o‘z taqdiringiz qanday bo‘lishi faqat o‘zingizga bog‘liqligi va uni o‘zingiz yaxshi yoki yomon tarafga yonaltirishingiz o‘z qo‘lingizda ekanligi haqida yana bir bor eslatadi.

Baliq – ikki taraflamalilik, mashaqqat, beqarorlik ramzi. Tushingizda baliqni osmondan tushayotganini yoki baliq yomg‘ir bo‘lib yog‘ayotganini ko‘rishingiz — yomonlik belgisidir. Bu tush tabiiy ofatlar, halokatlardan darakdir.

Tushda baliq ovlash – qiyin vaziyatdan chiqishga urinishlaringizda darak. Tushingizda baliqlar to‘plamini ko‘rishingiz – butun hayotingizni taqdir zimmasiga tashlab qo‘ymasligingiz aks holda imkoniyatlaringizni boy berishingiz haqida ogohlantiradi.

Tush tabiri baliq miller tabiri bo‘yicha

Baliq ko'rsa nima bo'ladi

Tushingizda uch dona baliqni ko‘rsangiz – baxtdan nishonadir. Agar tushingizda baliq istemol qilayotganingizni ko‘rsangiz – tasodifiy ammo yoqimli yangilik eshitishingizni anglatadi.

Tushingizda odam qiyofasidagi baliqni ko‘rsangiz – yadroviy urush bo‘lishi mumkinligidan ogohlantiradi. Tushda bir baliq boshqa baliqga hujum qilayotganini ko‘rsangiz – suvosti kemalari urushi bo‘lishini anglatadi.

Agar tushingizda aynigan baliqni ko‘rsangiz — o‘ngingizda nufuzli inson bilan munosabatingiz tasodifiy mish-mishlar sababli buzilishidan darak beradi.

Tushingizda siz tirik zog‘ora baliqni ko‘rishingiz — sizning hayotda matonatli qattiyatli inson ekanligingizni bildiradi.