Ayol tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot

Ayol tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Tushingizdagi notanish ayol — sizning rejalaringiz va holatingizning, baxt yoki baxtsizlikni qanday tasavvur etishingiz, sizning qalb kechinmalaringiz ramzidir.

Tushda ayol ko'rsa

Uning ko‘rinishi — sizning qalbingizning aksi, uning kayfiyati — sizning qilmishlaringiz va niyatlaringiz aksidir. Uzingiz qanday inson bo‘lsangiz tushingizdagi ayol ham sizga shunday ko‘rinadi.

Tushda ayol kishini xira noaniq ko‘rish — kichik ko‘ngilsizliklardan darak beradi. Yoqimli ko‘rinishi, uning chiroyi, beg‘ubor sofdilligi — quvonch, baxt, omadni bildiradi.

Xomilador ayolni ko‘rsangiz — o‘zgarishlar, yangiliklar va bu o‘zgarishlardagi qiyinchiliklarni anglatadi, sochlari to‘zib ketgan, notoza ayolni ko‘rish — moddiy kambag‘allik, omadsizlik, janjal, qalbning huvillab qolishini bildiradi.

Tushingizda ayol kishi qonga belanib yotganini ko‘rsangiz — ehtiroslardan azoblangan qalbni, xo‘l, suv sepilgan ayol — o‘z hissiy olamiga g‘arq bo‘lgan qalbni anglatadi.

Notanish ayol sizndan qochib ketayotganini ko‘rishingiz — o‘zligingizni hali topib ulgurmaganingiz, hayotni ko‘r-ko‘rona baholashingizdan darak. Notanish ayol sizning izingizdan kelayotganini ko‘rsangiz — yovuzlikka yo‘lni bildiradi.

Tushda ayol ko’rsa vanga tabiri bo‘yicha

Tush tabiri ayol

Notanish ayolni haydab chiqarish — o‘z-o‘zingizni qo‘lga olish, ruhiy ko‘makga muhtoj ekanligingizni va bu holatdan faqat o‘zingiz chiqib keta olishingiz bunga sizda barcha kuch-g‘ayrat mavjud ekanligini anglatadi.

Zo‘rlangan, sochlari to‘zib ketgan ayolni ko‘rish — yolg‘on havaslarni deb o‘z-o‘zini aldash, o‘z-o‘ziga jabr qilishini bildiradi.

Tushingizda ayol yordam so‘rab baqiryotgan bo‘lsa — sizning ich-ichingizdagi vijdon azobi og‘riq berayotganini anglatadi. Tushingizda notanish ayol jaxldor, sovuq, urushqoq bo‘lsa — bu sizning o‘z qalbingiz o‘sha siz sotgan qalbingiz ekanligini bildiradi.

Itoatkor, kamtar ayol — qalbinigiz yuksalishi uchun birinchi qadamlarni bildiradi. Makkor va ayyor ayol — siz o‘zingiz yaqinlaringizga qanday ko‘rinishini hal qilishingizni bildiradi.

Tush tabiri ayol miller tabiri bo‘yicha

Ayol ko'rsa nima bo'ladi

Tushingizda soqol qo‘ygan ayolni ko‘rsangiz — kutilmagan holatni, oshpaz ayol — tinchlik, osudalik, begona ayol bolalarga mehribonchilik qilayotnanini ko‘rsangiz — qalbingiz o‘z chechaklarini ocha boshlaganini bildiradi.

Bog‘bon ayol — umidni, ko‘krak suti bilan bolasini oziqlantirmoqchi bo‘lgan ayolni ko‘rish — bir insondan sevgi, mehr olayotgan qalbni, qora sochli ayol — g‘iybat, kampir — janjalni bildiradi.

Ayollarga nazar solish — do‘stlaringizning aldovini, notanish ayolni o‘pish — daromad, yalang‘och ayol — kasallik, ochlik, juda chiroyli — yangi imkoniyatlar, tushingizdagi ayol sizni to‘xtatib qolsa — taqdir sizni ish faoliyatingizdagi omadsizliklardan ogohlantiradi.

Tushingizda huddi qo‘g‘irchoq singari harakatlanayotgan ayolni ko‘rsangiz — bu o‘z-o‘zini aldashni anglatadi.