Ayiq tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot

Ayiq tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Bolgariyalik bashoratchi ayiq bilan uchrashib qolishni o‘ta xavfli hodisa deb hisoblagan. Shu sababdan ham tushda bu maymoqoyoqni ko‘rish – umuman, yaxshilik olib kelmaydi deb hisoblagan.

Tushda ayiq ko'rsa

Ular hech qanday sababsiz, kutilmagan vaqtda hujum qilishlari mumkin. Shuning uchun, agarda tushda ayiqni qaerdandir paydo bo‘lganligini ko‘rsangiz hushyor bo‘lishingiz lozim.

Oldinda badjahl, yovuz odamlar bilan mojoro kelib chiqishi, bu esa sizning yuragingizni hamda qalbingizni yaralashi mumkin. Bordiyu tushda yirtqichni o‘ldirganligingizni ko‘rsangiz – o‘ngingizdan siz shafqatsiz qasos olishga qaror qilganligingizni bildiradi.

Tushda g‘azablangan, o‘kirayotgan ayiqni ko‘rdingizmi? Bu tush xavf yaqinlashayotganligini bildiradi. Qaltislik, xavf-xatar bilan bog‘liq bo‘lgan hamma narsadan voz keching.

Tushda ayiq ko’rsa freyd tabiri bo‘yicha

Tush tabiri ayiq

Bu hech ham ajablanarli emas. Buning boisi Freyd barcha narsani, jumladan tushlarni talqinlashni ham ushbu hissiyot bilan bog‘lagan, uning ayiq bilan bog‘liq tushni talqin etishda o‘ziga xos xususiyatiga ega ekanligini ko‘rishingiz mumkin.

Agarda siz tushingizda ushbu yirtqich hayvonni haydayotganligingizni ko‘rsangiz – o‘ngingizda o‘zingizning o‘z ehtirosingiz ob’ektining sohibi, (egasi) bo‘lishga intilishingizni bildiradi. Ammo siz buni shunchalik g‘azab bilan qilasizki, undan biror-bir bama’ni narsa chiqishi dargumon.

Bu tush sizni ogohlantiradi va o‘zingizni tiyib bu shaxtingizdan qayting ehtimol, shundagina hamma narsa yaxshi bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Aksincha, agarda tushda ko‘rgan ayiq o‘lik bo‘lsa — sizda yetarlicha erkinlik yo‘qligini, siz o‘z “predmet” ingizga qanday murojaat qilishni bilmayapsiz.

Tush tabiri ayiq miller tabiri bo‘yicha

Ayiq ko'rsa nima bo'ladi

Ayiq juda kuchli, chidamli, kamdan-kam hollarda g‘alaba qozonishga bo‘lgan qat’iy qaroridan chekinadi. Bu fazilatlar esa faqat muvaffaqiyatli insonlarning fazilatidir.

Millerning tush tabiriga ko‘ra, ayiq to‘g‘risidagi tushlarning talqini bunday tushlar tasodifan yuzaga kelmasligini bildiradi. Siz tushingizda dahshatli yirtqichni o‘ldirishga muvaffaq bo‘ldingizmi? Demak siz hozir qarshingizda turgan qiyin vazifani osongina yechishingiz mumkin degan ma’noni anglatadi.

Agar ayiq jonli ravishda tushingizga kirgan bo‘lsa, demak bu sizning raqiblaringizdan ancha kuchli ekanligingizni his qilishingizni anglatadi. Ammo igna bargli qalin o‘rmon ho‘jayini bo‘lmish ayiq sizning ortingizdan quvayotgan bo‘lsa, ehtiyot bo‘ling.

Jiddiy raqibingiz bilan rashk to‘qnashuvi sahnalarini qo‘ymang! Tushda ayiq jarohat yetqazganligini ko‘rish juda yomon belgi hisoblanadi. Bu tush sizga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan juda yomon dushmanlaringiz mavjud ekanlini bildiradi.