Avtobus tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot

Avtobus tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Avtobus harakatlanish uchun unchalik ham qulay bo‘lmagan transport vositasi hisoblanadi. Darhaqiqat, avtobus bekatlarida insonlar juda ham gavjum, ammo shunga qaramay, ular turli qatlamdagi insonlar kesishadigan joy hisoblanadi.

Tushda avtobus ko'rsa

Avtobusda manzilga yetib olish odatda uzoq vaqtni oladi, ammo shu bilan birga ular shahar va uning atrofidagi go‘zalliklardan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

Agarda tushda siz avtobusda ketayotganligingizni ko‘rsangiz – bu tush qandaydir ma’lum yoki noma’lum sabablarga ko‘ra boshqa turdagi, nisbatan qulayroq bo‘lgan transport vositasida harakatlanish uchun imkoniyatingiz yetarli emasligini anglatadi.

Avtobusda harakatlanishni ham o‘z gashti, o‘ziga xos jozibasi bor. Bu, ayniqsa, uzoq masofada harakatlanishda boshqa yo‘lovchilar bilan birga safarda bo‘lganligingizda yaqqol ko‘rinadi. Yoningizda kim o‘tirganini va bu odamlar bilan qanday munosabatda bo‘layotganligingizga razm soling.

Ehtimol siz haqiqiy do‘stlaringiz bilan ketayotgandirsiz va sizni ular bilan umumiy manfaatlar birlashtirayotgandir. Bunday holda, bu insonlar va bosib o‘tayotgan joylar o‘rtasidagi uzviy aloqalarni topish juda muhimdir.

Tushda avtobus ko’rsa freyd tabiri bo‘yicha

Tush tabiri avtobus

Freydning tush ta’biri talqiniga ko‘ra agarda tushda avtobus kutayotganlingizni ko‘rsangiz – haqiqiy hayotda o‘z baxtingizni ikkinchi yarmingizni kutayotganingizni, sizning hayotingiz intim aloqalarsiz to‘kis kechmasligini bildiradi.

Tushda avtobusda o‘tirganligingizni ko‘rishingiz — o‘ngingizda haqiqiy hayotda siz, o‘zingiz uchun mutlaqo munosib emas deb o‘ylaydigan inson bilan munosabatda ekanligingizni bildiradi.

Siz bu inson bilan, shunchaki sizga birinchi bo‘lib «qayrilib qaragan»ligi, oddiy so‘z bilan aytadigan bo‘lsak yo‘lingizda birinchi uchragan inson bilan munosabat o‘rnatganligingizni va shu yo‘l bilan o‘zingizni yolg‘izlik, tushkunlikdan qutqarishga qaror qilganingizni anglatadi.

Bordiyu siz tushda avtobusda harakatlanayotganligingizni ko‘rsangiz – bu tush haqiqiy hayotda siz o‘z turmush o‘rtog‘ingizdan (sevgan qizingiz, yigitingiz)dan u sizga bera olishga qodir narsadan ko‘proq narsani kutayotganligingizni anglatadi.

Tush tabiri avtobus XXI asr tabiri bo‘yicha

Avtobus ko'rsa nima bo'ladi

Tushingizga nima sabab avtobus kirishi va bu tush nimani anglatishi to‘g‘risida XXI asr tush ta’biri sharhlovchilari quyidagicha fikr yuritadilar: Tushda avtobusni ko‘rishingiz – qoidaga ko‘ra, ish faoliyatingizdagi yutuqlaringizni yoki kelgusida sodir bo‘lishi kutilayotgan qiziqarli va maroqli suhbatlarni yoki yoqimli hordiq chiqarish imkoniyatini anglatadi.

Tushda buzilgan avtobusni ko‘rishingiz ogohlantirish bo‘lib, qiyin hayotiy vaziyatlarga bo‘lgan qarashlaringiz cheklanganligi sababli siz qiyin ahvolga tushib qolishingiz mumkinligini bildiradi.

Tushingizda vokzalda ekanligingizni ko‘rishingiz o‘ngingizda sizni uzoq yo‘l yoki ish safari kutayotganligini bildiradi.

Tushingizda vokzalda tanishingizni uchratib qolganligingizni ko‘rishingiz – siz ahamiyatsiz deb hisoblayayotgan muommolar siz o‘ylaganingizdan ko‘ra anchayin jiddiy ekanligini va siz ma’suliyatli qaror qabul qilishingiz lozim ekanligi bildiradi.