Ari asalari tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot

Ari yani asalari tushda kursa tabiri nima buladi? Tushda ari yani asalarilarni ko‘rish hosildorlik, boylik, foydali bitimlar, hokimiyat va obro‘li mansabning ramzi hisoblanadi.

Tushda ari ko'rsa

Ammo farovon hayot kechirish uchun mehnat qilish zarur, zero farovonlik sizning boshingizga osmondan tushmaydi, buning barchasiga erishish uchun uzoq va qattiq ishlashingiz lozimdir.

Osonlik bilan faqat o‘zganing mehnati evaziga topilgan mulkni o‘zlashtirib olishingiz mumkin. Tushda asalarilardan barcha asalini olib uni iste’mol qilayotganligingizni ko‘rishingiz tushingiz orqali vijdoningiz sizga murojaat qilayotganligini sizni adolatga undayotganligini bildiradi.

Ba’zi bir tush ta’bir etuvchilar asalarini tushda ko‘rishni quyidagi mantiqiy zanjir bilan talqin etadilar: asalarilar asal yig‘adilar, asal bu dori-darmon hisoblanadi, dori-darmonlar bilan shifokorlar yoki olimlar shug‘ullanishadi, demak sizni o‘ngingizda ushbu kasb egalaridan birining taniqli vakili bilan uchrashish kutayotgan bo‘lishi mumkin.

Tushda ari ko’rsa vanga tabiri bo‘yicha

Tush tabiri asalari

Tushda ari ko‘rishingiz – sizning o‘zingizga ishonchsiz ekanligingizni anglatadi. Siz o‘zingizni qanday bo‘lsangiz shundayligingizcha qabul qilishingiz, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshirishingiz, ichki potensial (muayyan nuqtadagi kuchni fizikaviy miqdori) ingizni uyg‘otishingiz lozim. Aks holda, o‘zingizni o‘z xayolingizdagi inson kabi ko‘rsatib, qarindoshlaringiz va hamkasblaringiz bilan munosabatlaringizni buzishingiz mumkin.

Tushda ari sizga hujum qilganligini ko‘rishingiz – bu fitna haqidagi signaldir. Agar asalari oilasi tinchlik bilan harakatlansa, moddiy daromaddan darakdir. Bordiyu tushingizda ushbu hasharotlar sizning boshingiz uzra muallaq turgan bo‘lsa, bunday tush bemor kishilar uchun dardiga shifo topishiga dalolat beradi.

Tushda asalarilardan qochishga urinayotganligingizni ko‘rishingiz omadni qo‘ldan boy berishingiz, bu omad sizning hayotingizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lganligini bildiradi.

Tush tabiri asalari miller tabiri bo‘yicha

Ari ko'rsa nima bo'ladi

Agarda siz kimdir bilan bitim tuzmoqchi yoki biron bir kelishuvga erishmoqchi bo‘lgan bo‘lsangiz, unda asalarilar haqidagi tushdan keyin buni qilish ayni vaqti hisoblanadi. Ular sizga omad va foyda kelishidan darak beradi.

Ishbilarmon insonlarning bunday tush ko‘rishlari tovar aylanmasi va daromad o‘sishi mumkinligini anglatadi; ofitser (zobit)larning bu tushni ko‘rishlari intizom, vazifalarini ado etish va qo‘l ostidagilarining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch kelmaydilar, bolalar esa mehnatsevarligi bilan ota-onalarni mamnun qiladilar.

Tushingizda asalarilar sizni quvib yetib, nish urganligini ko‘rdingizmi? Atrofingizdagi insonlarga diqqat bilan nazar soling. Do‘stlaringizdan kimdir sizga “nish urishga”, haqoratlashga yoki zarar etkazishga harakat qilmoqchiligini bildiradi.

Agarda tushda asalarilarni butun to‘dasini ko‘rgan bo‘lsangiz, unda xoinlarning soni ko‘p bo‘ladi deb o‘ylash hech ham to‘g‘ri emas. Bunday tush mustahkam sog‘liq va o‘zingizni yaxshi his qilishingizni anglatadi. Tushda asalari farzandingizni ta’qib etayotganligini ko‘rishingiz ham yaxshilik belgisidir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan