Abort tush tabiri batafsil malumot

Abort tushda ko‘rsa tabiri nima bo‘ladi? Jamiyatning abort yani homilani oldirish to‘g‘risidagi fikrlari ikkiga bo‘linadi qaysidir taraf bunga erkinlik va mustaqillikning ko‘rinishi deb qarasa boshqa taraf esa bu gapni eshitishi bilan jazavaga tushadilar va bu holatni haqiqiy qotillik deb baholaydilar.

Tushda abort ko‘rsa

Bir toifadagi insonlar ongida abort hech qanday g‘ayritabiiylik tug‘dirmaydi va bu haqida ortiqcha fikr yuritmaydi. Yani sodir bo‘lgan voqea ular uchun muhim ahamiyat kasb etmaydi.

Ikkinchi toifa insonlarda homiladan voz kechish fikrining o‘zi daxshat uyg‘otadi. Butun dunyo bo‘yicha bu borada juda ham ko‘plab turli xildagi fikrlar mavjud. Bularning bari tush tabiri talqinlariga o‘z tasirini o‘tkazmay qolmaydi albatta.

Shu sababdan ham abort bilan bog‘liq tush tabirlari talqini ham yetarlicha. Ammo eng to‘g‘ri talqinni siz faqatgina tushingizni va u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha detallarni chaqsangizgina tushuna olasiz.

Bunda yana siz ushbu jarrohlik amaliyoti kimda o‘tkazilganligiga ham ahamiyat qaratishingiz kerak. Bu turdagi tushlarni asosan ayollar ko‘radilar ammo bazida ushbu tushni erkaklar ham ko‘radilar. Va o‘z ayollariga etiborliroq bo‘lishi lozimligini bildiradi. Negaki bu tush ayoli biron dard bilan og‘rishi yoki muammoli vaziyatga duch kelishi mumkinligini anglatadi.

Ayol kishi tushda abort ko‘rsa

Bordiyu ayol kishi tushda abortni ko‘rsa buni to‘g‘ri manoda qabul qilmaslik lozim. Xoynahoy bu tush sohibasini haqiqiy hayotda nimadir qattiq tashvishga solayotganligi va shu sababdan ham uni yomon havotirli o‘y-hayollar tark etmayotganligini bildiradi.

Abort tush tabiri

Yosh qizlarning ushbu tushni ko‘rishlari – sevgi borasidagi omadsizlikka uchrashini bildiradi. Balki u ancha vaqtdan beri sevimli bo‘lgan insoniga o‘z muhabbatini izhor etishga shaylanayotgan bo‘lishi ham mumkin.

Yoshi kata insonlar ushbu tushni ko‘rishi sog‘lig‘ining yomonlashuvidan ogohlantiradi. Sog‘lig‘ingizga etiborliroq bo‘ling agarda surunkali kasallik sizni qiynayotgan bo‘lsa uni tezda davosini topishga harakat qiling.

Agarda abort qilingandan so‘ng tushingizda (go‘dak) chaqaloqni ko‘rsangiz – tush sohibi o‘z fikri bilan ish yuritishi lozimligi va muhim qaror qabul qilishingiz oldidan yaxshilab o‘ylab keyin qaror chiqarishingiz kerakligini bildiradi.

Bunda ehtimol sizga ruhshunos ko‘magi ham kerak bo‘lishi mumkin. Ruhshunos sizni hammasi joyida ekanligini va bu siz uchun zarur qadam bo‘lganligini tushuntiradi. Aks holda ruhiy kasallikka uchrashingiz ham ehtimoldan yiroq emas.

Miller tush tabirida xomilani oldirish

Mashxur olim va psixolog Gustav Miller, homilani oldirishni ko‘rish, ushbu muhim qaror qabul qilish yani abort qildirishdan oldin tushga kiradi.

Xomilani oldirishni ko‘rish

Qo‘rqinchli tush faqatgina xato qilishdan qo‘rquvni bildiradi. Shuningdek abort ko‘pincha anchadan beri cho‘zilib kelayotgan qora kunlarni boshdan kechirayotgan, depressiyadagi insonlar tushiga kiradi.

Bu tush o‘zingizni qo‘lga olishingiz va yolingizdagi uchraydigan to‘siqlarga qaramay faqat oldinga intilishingiz lozimligi bunda do‘stlaringizdan yordam so‘rashingiz sizni qiynayotgan muammolar bilan bo‘lishishingiz ular bilan birga bu muammolarga yechim topishingiz mumkin.

Xomilador ayol tushda abort ko‘rsa

Bazi vaqtlarda ayol kishi haqiqiy hayotda abortdan so‘ng o‘zidan hazarlanish keyin esa quvonch yoki aks holatlarni ko‘rish lozim. Bunday hissiyotlar kokteyli, ruhshunoslar nuqtai nazaridan qaralganda oddiy holat hisoblanadi. Chunki organizm uchun ham ruhiyat uchun ham bu holat kuchli stress sinovi hisoblanadi va organizm o‘z o‘zini qayta tiklashga urinadi.

Ayol tushda abort qildirsa

Homilador ayol tushda abort qildirganligini ko‘radilar bunga unchalik ko‘p etibor qaratish kerak emas. Zero ayollar homiladorlik vaqtlarda ko‘plab qo‘rqinchli va g‘ayrioddiy tush ko‘radilar. Homilador ayollarning abort haqida tush ko‘rishi – ayni damda hayotdan norozi ekanligini va hayotini tubdan va tez fursatda o‘zgartirishni istashini ifodalaydi. Bu holat hayot tarzining o‘zgarishi hamda garmonlar o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Yana homiladorlik holati boshqa xil g‘alati tushlar ko‘radilar. Bu (emotsional holat) hissiyot bilan bog‘liq bo‘lib ehtimol ichki agressiyaning namoyon bo‘layotgandir. Ushbu tush tabiri homilador ayollarga o‘zlarini asrashlarini har turdagi mayda gaplarga etibor bermasligingiz lozimligini takidlaydi.

Sizni qiynayotgan muammolarni turmush o‘rtog‘ingiz bilan muhokama qiling va birgalikda ushbu muammolarni hal etishga erishing.